<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Maqtov aytib koʻnglim toʻlmaydi
 Maqtamasam aslo boʻlmaydi
 Masih bilan odam oʻlmaydi
 Oʻlganlar ham yashaydi Unda
 Ulugʻlanar Xudoyim shunda.

[V2]
 U hayotdir, yoʻldir, haqiqat
 Charchaganga Udir xush xilqat.
 Ishon Unga, yuz burma faqat
 Oʻlganlar ham yashaydi Unda
 Ulugʻlanar Xudoyim shunda.

[V3]
 Munavvar tong qarshi olsa gar
 Sanolarr ayt dildan har safar.
 Xudo sevar seni shu qadar
 Oʻlganlar ham yashaydi Unda
 Ulugʻlanar Xudoyim shunda.

[V4]
 Yumush izlab yugurma inson
 Har yumushda Xudoga ishon.
 Agar boʻlsa Isoga imon
 Oʻlganlar ham yashaydi Unda
 Ulugʻlanar Xudoyim shunda.</lyrics>
<title>Oʻlganlar yashaydi (anʼanaviy)</title>
</song>